2024 Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
barcha huquqlar himoyalangan

Anonim so'rovnoma

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Ibrayimjonovich tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qiluvchi maxsus @akis_stop_corruptionbot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Endi Siz sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu @akis_stop_corruptionbot yoki +99888 788-10-30 ishonch telefoni orqali Milliy markazga bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

Har bir murojaat shaxsan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Murojaatlar jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmagan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun tegishli vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Maʼlumot tarzida eʼtiboringizga shuni yetkazamizki, anonim murojaatlar (jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilmagan yohud ular haqida yolg‘on maʼlumotlar ko‘rsatilgan murojaatlar) O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunining 29-moddasi 1-qismi ikkinchi xatboshisiga asosan ko‘rib chiqilmaydi.
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Website Builder Software